Qidirish

19:55 / 2022-12-10 146 0 Hodisalar

Toshkent shahrida qancha yerlar noqonuniy tarzda oʻzlashtirilgani aytildi

world-news

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan joriy yil 9 oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlar hamda Toshkent shahri hududidagi yerlarning oʻzboshimcha oʻzlashtirilish holatlari» mavzusidagi matbuot anjumani tashkil qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga asosan Tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlarida yer uchastkalarini elektron auksion savdolariga chiqarish boʻyicha:

Qaror ijrosi yuzasidan jami 634 ta (150,01 ga) boʻsh yer maydonlarini auksion orqali realizatsiya qilish maqsadida vakolatli tashkilotlar muhokamasiga kiritilgan.

Bugungi kunda mazkur yer uchastkalarining:

395 tasi (94,12 ga, boshlangʻich narxi 462,86 mlrd. soʻm) elektron auksion savdo maydonchasiga chiqarilgan.

2022-yilning 9 oyi davomida auksion orqali:

- umumiy maydoni 31,20 ga boʻlgan 183 ta yer uchastkalari 203,28 mlrd. soʻmga sotilgan;

- hozirda savdoda umumiy maydoni 62,92 ga boʻlgan 212 ta yer uchastkasi mavjud boʻlib, ularning boshlangʻich narxi 332,47 mlrd.soʻmni tashkil etadi.

Bugungi kunda Toshkent shahrining umumiy yer maydoni 43 465,7 gektarni, mahallalar soni 579 tani, koʻchmas mulklar soni jami 767 797 (+35 161) tani tashkil etmoqda. Bular:

Noturar joylar – 52 846 (+5 625) ta;

Yakka tartibdagi turar joylar – 195 028 (+17 709) ta;

Kvartiralar – 519 923 (+ 11 827) ta;

Yer uchastkalari – 2 339 (-161) ta;

Koʻp qavatli uylar – 10 989 (+17) ta.

2022-yil 9 oy mobaynida boshqarma va tuman boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 7 763 ta murojaat kelib tushgan, ularning 3757 tasi (48 %) qanoatlantirilgan, 3046 tasiga (39 %) tushuntirish berilgan.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari rahbariyati tomonidan sohaga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan 9 ta tumanda Mirzo Ulugʻbek, Sergeli, Bektemir, Yunusobod, Yashnobod, Chilonzor, Olmazor, Yangihayot va Uchtepa tumanlarida sayyor qabullari oʻtkazilgan.

Bunda: 45 ta murojaat oʻrganib chiqilib, 25 tasi ijobiy hal etilgan; 20 tasi boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.

2022-yilning 9 oyi davomida, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining tuman Yer va kadastr nazorati boʻlimlari inspektorlari tomonidan Toshkent shahrining tumanlari hududlarida joylashgan umumiy 2000 ta (29,83 gektar) yer qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Bunda:

MJTK 60-modda 2 va 3 bandlariga asosan oʻzboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish yuzasidan 721 ta holatda 21 461 250 000 soʻm;

MJTK 68-modda 1-bandiga asosan Yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish yuzasidan 25 ta holatda 24 210 000 soʻm;

MJTK 681 asosan belgilangan muddatda Davlat roʻyxatidan oʻtmaganlik yuzasidan 920 ta holatda 2 793 150 000 soʻm jarima qoʻllanilgan.

Jami 2 000 ta yer qonun buzuvchiga nisbatan 24 278 610 000 soʻm jarima qoʻllanib, shundan 4 968 190 000 soʻm undirilgan. Qolgan 1 020 ta hujjatlar ish jarayonida.

Izohlar 0

Fikr bildirish