So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Aka-uka grimmlar”: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaviy holatni fosh etdi
Toshkent viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan tenderda aka-ukaga tegishli boʻlgan MCHJlar ishtirok etgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, agentlik tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasida Toshkent viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 796 000 000 soʻmlik tibbiy asbob-uskunalar uchun 2023-yil 10-fevral kuni oʻtgan davlat xaridida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi (Raqobat va xolislik prinsipi), 23-moddasi ( Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi) 14-moddasi (Manfaatlar toʻqnashuvi), 42-moddasi (Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) va 46-moddasi (Davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi aniqlangan.
“Jumladan, davlat xaridlarida ishtirok etgan talabgorlar yaqin qarindosh aka-ukalarga tegishli boʻlgan, yaʼni oʻzaro affillanganligi holatlari mavjud”, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, mazkur davlat xaridi boʻyicha Xarid komissiyasi tomonidan foydalangan kompyuterlarning IP-manzillari maʼlumoti oʻrganilganda xarid komissiyasi raisi, aʼzolari (ovoz berib baholash vakolatiga ega) va komissiya kotibi 2023-yil 10-fevral kuni soat 21:05 dan 21:11 gacha, yaʼni oʻrtacha 6 daqiqa vaqt ichida IP-manzili bir kishiga tegishli boʻlgan kompyuter orqali boshqarilib, xarid natijalari baholanganligi va bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritilgan va chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan, shuningdek, holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga soʻrovnoma kiritilgan.
Toshkent viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan 2023-yil 13-fevral kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga koʻra, Agentlikning taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, Xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan.