So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Qashqadaryoda elektr energiyasini “oʻgʻirlagan” tadbirkor ushlandi. U davlatga yarim milliard zarar yetkazgan
MCHJ rahbari I.B., tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼul shaxslari va boshqalar bilan oʻzaro til biriktirib jinoyatga qoʻl urgan.

Nishon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ rahbari aniqlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga kurashish departamenti matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat hududiy boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda “E.G.” MCHJ rahbari I.B., tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼul shaxslari va boshqalar bilan oʻzaro til biriktirib, “E.G.” MCHJning avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish kompressor stansiyasida quvvati 1 000 kVA boʻlgan transformator oʻrnatilgan boʻlsada, 630 kVA boʻlgan transformator oʻrnatilib, texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali 839,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 566,6 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



