So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Vallomat” — Prezident ishdan olgan “zam ministr” tizimni tark etmagani maʼlum boʻldi
Xodjayev hozirda tashkilotning qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha loyiha ofisi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Prezident tomonidan boʻshatilgan Energetika vazirining oʻrinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikda hali ham faoliyatini davom ettirayotgani maʼlum boʻldi. Buni vazirlik matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga tasdiqlagan.
Faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun Sherzod Xodjayev boshqa maʼsullar kabi ishdan olingan edi.
“Talimarjon” issiqlik stansiyasining 800 MVt energiya blokini taʼmirlash 6 oydan buyon yakunlamagani natijasida 3 milliard elektr energiya yetkazib berilmadi. Shuning uchun Energetika vaziri Sherzod Xodjayev degan valomat, Issiqlik elektr stansiyasi rahbari Farhod Abdurahmonovni ham ishdan oldim, qaror qoʻydim. Azizov va Yoʻldashev ishdan olingan rahbarlar boʻyicha menga alohida axborot berasizlar” — degan edi Prezident.

Ammo 15-fevral kuni Xitoyga amaliy tashrif bilan borgan energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari orasida koʻrinish berdi.
Unda Xitoyning China Energy Engineering Corporation kompaniyasi bilan Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2 GVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha memorandum imzolandi.
Maʼlum boʻlishicha, u hozirda tashkilotning qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha loyiha ofisi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Izohlar 1
Berdiyev A.
2023-Feb-23 21:52Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir