So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Urush tugashini istasa keladi” — Lukashenko Putin va Baydenni Minskka taklif qildi
Agarda AQSH prezidenti Belarusga kelishga rozi boʻlsa, davlat rahbarlari Ukrainadagi urushni toʻxtatish boʻyicha muzokara oʻtkazishadi.
Aleksandr Lukashenko urushni tugatish uchun, AQSH prezidenti Jo Bayden va Vladimir Putin bilan bir stolga taklif qildi. Bu haqda u belaruslik va xorijlik jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.
Belarus rahbari Amerika prezidentini Minskda qabul qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
“Agar uning xohishi boʻlsa (siz oʻz kanallaringiz orqali aytsangiz), biz Minskda uni qabul qilishga va jiddiy gaplashishga tayyormiz. Agar u Ukrainada tinchlik boʻlishini istasa”, - dedi Belarus rahbari.
U shaxsan Bayden uchun Boing joʻnatishga tayyorligini qoʻshimcha qildi.
“Va hatto Putin Minskka uchadi va biz uchovimiz shu yerda uchrashamiz: ikkita “tajovuzkor” va “tinchliksevar” prezident. Nega? Urush tugashi uchun. Men hattoki Polshaga Boing joʻnatishga ham tayyorman”, - deb vaʼda berdi Batka.
Bundan tashqari u mazkur uchrashuvda Rossiya prezidenti qatnashishiga kafolat berdi.
“Mana, sizning huzuringizda biz uchalamiz (men sizga Vladimir Vladimirovich Putin bu yerga kelishiga kafolat beraman) oʻtirib, butun muammoni hal qilamiz”, - dedi Lukashenko.
Shu bilan birga, Belarus prezidenti Jo Bayden Belorussiyaga bormasligini taʼkidladi.
“U Polshada qoladi, chunki Polsha Yevropaning giyenasi va bugungi kunda, birinchi navbatda, u Ukrainadagi urushni avj olishda eng faol rol oʻynamoqda. U amerikaliklarga qaraganda koʻproq qon toʻkilishini istaydi”, - dedi Lukashenko.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer AQSH prezidenti 20—22-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Polshada boʻlib, u yerda rahbariyat bilan ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, Ukrainani qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash boʻyicha jamoaviy saʼy-harakatlarni muhokama qilishini maʼlum qilgandi.



