So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Ishsizlarga ish, arzon yarmarka va notekis yoʻllarga asfalt — Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Andijonga bordi
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida Prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriqlarining amaliy ijrosini taʼminlash choralari koʻrilmoqda, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining xizmat faoliyati oʻrganildi. Taʼkidlanishicha, mahallalarda “xonadonbay” va “fuqarobay” asosda ish tashkil qilinganligi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunlarga itoatkor boʻlish masalasidagi targʻibot va tashviqot ishlari, jamoat xavfsizligini taʼminlashga masʼul idoralarning hamkorlikdagi saʼy harakatlari natijasida viloyatda jinoyatlardan holi boʻlgan “yashil” hududlarning soni 37 foizga oshgan.
Shuningdek qotillik, ogʻir tan jarohatlarini yetkazish, talonchilik, oʻgʻirlik hamda bezorilik jinoyatlarini soni keskin kamaygan.
Xizmatni oʻrganish natijalariga koʻra Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda namuna sifatida yaratilgan profilaktika inspektorining xonasi boʻyicha nizom ishlab chiqish hamda soha rahbarlarining ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.
Shuningdek, ishchi guruh Asaka tumanidagi 16-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishgan.
Maskan oʻquvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi homiyligida sport anjomlari, “Brayl alifbosi”da chop etilgan kitob va anjomlar, texnika vositalari hamda bitiruvchilarga esdalik sovgʻalar taqdim etilgan.
Ishchi guruhning saʼy-harakatlari bilan mavjud zaxira hisobidan Andijon viloyati hududida jami 13293 ta xonadonga suyultirilgan gaz balon va 33 tonnadan ziyod koʻmir yetkazilib, aholining kommunal sohadagi ehtiyojlari qisman qanoatlantirildi.
Isteʼmol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini taʼminlash, oziq-ovqat zaxiralarini jamlash hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Andijon shahri, Andijon, Xoʻjaobod, Buloqboshi, Qoʻrgʻontepa, Jalalquduq tumanlari va Xonobod shahrining dehqon bozorlari hududlarida hamda olis mahallalarda alohida, jami 37 ta arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilib, ular 64 tonna kundalik isteʼmol tovarlari bilan taʼminlangan.
Bundan tashqari, oʻz mahsulotini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish istagida boʻlgan jami 420dan ziyod tomorqa yer egalariga oʻz mahallalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish uchun savdo rastalari tashkil etishga koʻmaklashilgan.
Ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlik, yoshlar va ayollarning tashabbuskor loyihalariga koʻmaklashish maqsadida viloyat hududida joylashgan barcha monomarkazlar va mehnat bozorlarining samaradorligi tanqidiy oʻrganilib, qoʻshimcha imkoniyatlarni jalb etish natijasida 168 nafar fuqarolar doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi, 42 nafari kasbga oʻqitishga yuborildi hamda 4 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. Shu bilan birga 1023 nafar fuqarolar oʻzini-oʻzi band qilish orqali mehnatga jalb etildi.
Mahallarda aholining murojaatlari bilan ishlash ahvoli va ularni qanoatlantirish darajasi tanqidiy oʻrganilib, aholi qulayligi uchun jami viloyatning barcha tumanlarida 261 ta sayyor davlat xizmatlari punktlari tashkil etilib, 1634 ta davlat xizmatlari onlayn koʻrsatilishiga koʻmaklashildi.
Aholini shikoyatlaridan kelib chiqib, 12 nafar tadbirkorlarning faoliyatini tiklashga koʻmaklashildi, 18 nafar aliment toʻlovchi qarzdorlar ishga joylashtirildi, qarzdorlardan 77 mln soʻmlik aliment puli undirish choralari koʻrildi, 327 ta nizoli oilalarning maishiy muammolari bartaraf etilib, 58 nafar ayollarga “himoya order”lari rasmiylashtirildi.
Ishchi guruh tarkibidagi Milliy gvardiya Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan Marhamat, Asaka, Shahrixon va Xoʻjaobod tumanlaridagi 15 ta ijtimoiy xizmat koʻrsatish obyektlari va 8 ta fuqaro xonadonlari qoʻriqlovga olindi.
Viloyat hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchi va haydovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Andijon shahar, Paxtaobod, Buloqboshi, Baliqchi, Qoʻrgʻontepa hamda Jalalquduq tumanlarida qoʻshimcha ravishda 5 ta svetofor va 18 ta yoʻl belgilari oʻrnatildi, 400 metr piyodalar yoʻlagi va 14 km yoʻl chiziqlarini yotqizish, 2,5 ming metr ichki yoʻllarga asfalt qoplamalari yotqizish kabi ishlar amalga oshirildi. Ishchi guruhning Andijon viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda.