So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Prezident “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi
Bugun, 15-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati manzilli va keng qamrovli. Xususan, oʻtgan yili 9 ming 406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyati yaratilgan.
Natijada yoshlar murojaatlarini koʻrib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga qisqargan. Ayni paytda yetakchilarning tavsiyasi asosida yigit-qizlarga 25 ta yordam turlari koʻrsatilmoqda.
Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini taʼminlash maqsadida 14-30 yoshdagi 9 million nafar yoshlarning balansi shakllantirildi. Boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” oʻtkazilyapti.
Yigʻilishda bu boradagi ishlarni davom ettirib, sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish zarurligi taʼkidlandi. Davlat rahbari bitiruvchilarni kasb-hunarga oʻrgatish va ish bilan taʼminlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi.
Yoshlarni eʼtibor va gʻamxoʻrlik bilan toʻla qamrab olish maqsadida ular “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.
Yoshlarga ajratilayotgan mablagʻlarning shakllanishi va moliyalashtirish jarayonlarini raqamlashtirib, maqsadli yoʻnaltirish vazifasi qoʻyildi. Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, biznes koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha koʻrsatma berilgan.
“Yoshlari sanʼat, adabiyot, sport sohalarida ham intiluvchan. Ularga bunday imkoniyatlarni yaqinlashtirish maqsadida hududlarda “Madaniyat karvoni” tadbirlari, festivallar, intellektual va sport musobaqalari oʻtkaziladi. Yoshlar saylgohlari, kreativ parklar tashkil etiladi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, yoshlarni yot gʻoyalar xurujidan ishonchli himoya qilish uchun muqobil axborot resurslari yaratib, boyitib borish muhimligi aytilgan. Bundan tashqari, yigʻilishda mutasaddilar joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot bergan.