So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Angren shahar hokimi sobiq yordamchisi oʻzini oʻzi otib qoʻydi
Bosh Prokuraturaning Effect.uzʻga maʼlum qilishicha, joriy yilning 2-dekabr kuni soat 15:00lar atrofida Toshkent viloyati Angren shahar Dukent qoʻrgʻoni Ulugʻbek mahallasi Ulugʻbek koʻchasi 63-uyda yashovchi 23.03.1983-yilda tugʻilgan millati oʻzbek, oilali 4 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, 2017-yil 22-noyabr kuni Ovchilik birlashmasiga qonuniy aʼzo boʻlgan, ov qilish xamda ov qurolini saqlash borasidagi talablarga rioya qilinib kelgan Nazarov Behzod Jumaqulovich oʻz uyida, uzun qoʻsh stvolli N-6 sonli ruxsatnomaga ega rusumi IJ-27, 12 kalibrli, Stvollar soni 2ta, seriya raqami U-00515 sonli oʻziga tegishli boʻlgan ov quroldan tanasining chap koʻkrak soxasining yurak qismiga taqab sochma qoʻrgʻoshinli oʻqdan 1 marotaba oʻq uzib, oʻz joniga qasd qilib voqea joyida vafot yetgan.
Hodisa joyiga chiqdi: Angren shahar IIB boshligʻi podpolkovnik A.A.Aripov, Angren shaxar prokurori U.X.Xabiljanov, Angren shaxar prokurori oʻrinbosari A.Atoyev va Angren shahar IIB boshligʻining 1-oʻrinbosari podpokovnik Yu.Yu.Abedinov, IIB JQB boshligʻi B.N.Sharofov, Angren shahar prokuratura xodimlari va IIB EKO xodimlari va JQB shaxsiy tarkibi.
Ushbu xolat yuzasidan surishtiruv ishlari davomidv fuqaro Nazarov Bexzad Djumaqulovich soʻnggi paytlarda Angren shahar Dorilfunun Maxalla fuqarolar yuigʻini xokim yordamchisi lavozimida ishlab ishdan boʻshagan.
Shuningdek, otasi Nazarov Jumaqul Suyunovichning vafot etganiga koʻp boʻlmaganligi sababli tushkun kayfiyatda yurganligi maʼlum boʻldi. Hozirda qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.