So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yangibozor hokimi Oʻktamboy Qurbonov lavozimidan olindi. U bir yil avval fermerlarni haqorat qilgan
Xorazm viloyat Yangibozor tumani hokimi Oʻktamboy Qurbonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Avvalroq Hazorasp tumani hokimi lavozimida ishlagan Oʻktamboy Qurbonov 2018-yil Prezidentning Xorazmga tashrifi doirasida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilgan.
U Yangibozor tumaniga 2020-yil mart oyida hokim etib tayinlangan. Qurbonov 2018-yildan 2020-yilgacha Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Oʻktamboy Qurbonov – prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Qahramon Quronboyevning akasi hisoblanadi. Oʻ.Qurbonovga 2021-yil noyabrida viloyat hokimi (hozirda sobiq) Farhod Ermanovning tegishli farmoyishiga koʻra “hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllangan.
Bundan tashqari, Yangibozor sobiq hokimining 2021-yil dekabrda fermerlarni kurakda turmas soʻzlar bilan haqoratlagan audiosi tarqalgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir