So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“4 nafar erkak qamoqda” – Bosh prokuratura Boʻstonliqda zoʻrlangan ayol ishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berdi
Avvalroq Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ishlagani ketgan 39 yoshli ayol oʻz farzandlari koʻz oʻngida zoʻrlangani va shafqatsizlarcha kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura noxush vaziyat ortidan Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegish) va 119-modda (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish)lar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Holat 2022-yilning 28-dekabr kuni Boʻstonliq tumani “Chimboyli” qishlogʻi hududida sodir boʻlgan. Qayd etilishicha, gumonlanuvchi tariqasida 25-27 yoshli 4 nafar erkak (tezkor) protsessual tartibda ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ayni vaqtda Boʻstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Shuningdek, holat yuzasidan 10 ga yaqin sud tibbiy va boshqa turdagi ekspertiza tayinlangan.