So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida ayol oʻz farzandlari oldida shafqatsizlarcha zoʻrlanib, kaltaklangan – Bosh prokuratura holatni oʻrganyapti
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ishlagani ketgan ayol oʻz farzandlari koʻz oʻngida zoʻrlangan va kaltaklangan. Bu haqda bloger Aqida Hanum Facebookʻdagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Toshkent viloyatida turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ishlagani ketgan, ayolni oʻzi va ikki nafar farzandlari (kattasi 11 yosh) bir hovlida yashashadi. 4 ta mahalladosh erkaklar, ularni toʻdaboshisi muqaddam sudlangan, bu ayolni eri yoʻqligidan foydalanib, uyiga bostirib kirishadi, va oʻlasi qilib kaltaklab, baravariga zoʻrlab, kamiga bu ishlarni guvohi boʻlgan farzandlariga xam zugʻum oʻtkazishadi.
Ayol oʻzini ximoya qilaman deb narsa bilan ularni urib qarshilik qilganda undan battar kaltaklab, bolta va pichoq tirab yana xayvoniy nafsini qondiradi. Ayni damda anavi 4 nafar erkak ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan.
142-modda bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayol reabilitatsiya markazida, axvoli yomon. Agar shu ish yengil jazo bilan yopdi-yopdi qilinsa, oʻsha zoʻravonlikka, pedofiliyaga qarshi faollar va jamoatchilik qonunda qattiq jazo soʻralganda uni qondirmay, qonunchilikda nomigagina jazo tadbiq qilganlarni oʻzini shu 4 tani ichiga qoʻyvorish kerak. Ular ham zoʻravon, ular ham pedofil, ASLO kam joyi yoʻq!!!”, deya yozadi bloger.
Holatga Bosh prokuratura munosabat bildirib, ayol bilan sodir boʻlgan noxush holat oʻrganilayotganini, natijalari haqida batafsil maʼlumot berilishi taʼminlanishini maʼlum qildi.