So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi
Bugun, 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlangan edi.
Prezident farmoniga asosan, Djurabayev Abdurashid Abduvoxidovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan A.Djurabayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nusratbek Davrankulovich Toychiyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davron Narimovich Kalandarov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Yuridik taʼminlash boshqarmasining boshligʻi lavozimidan ozod qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Mansurbek Bazorboyevich Jumaniyazov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.J.Ramatovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Izzat Raxmatullayevich Tangriyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari D.A.Kuchkarovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi lavozimidan ozod qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Djamshid Abdusalamovich Abdusalamov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A.Xodjayevning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan ozod qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nodir Muxtorovich Dusmatov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Z.B.Maxkamovaning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Oila va xotin qizlar masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod qilindi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir