So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda imtixondan oʻtolmagan talaba oʻzini yoqib yubordi
Ketma-ket yomon xabarlarni eshitgan talaba, oʻz joniga qasd qilishga qaror qilgan.
Namangan muhandislik qurilish instituti talabasi oraliq imtixondan oʻtolmaganidan soʻng, oʻzini yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Effect.uzʻga maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 10-fevral kuni soat Fargʻona viloyati, Beshariq tumani yashagan, Namangan muxandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 20.04.2002-yilda tugʻilgan X.X. oliygohda 5 ta fandan oraliq imtixonlarni topshira olmaganligi sababli, qayta topshirishga qolib ketgan.
Guruh raxbari talabaning otasiga qoʻngʻiroq qilib, oʻgʻli yuqoridagi 5 ta fanlardan oraliq imtixonlarni topshira olmaganligi haqida ogohlantirgan.
Oʻz navbatda ota oʻgʻliga telefon orqali tanbeh bergan. Shundan soʻng, talaba X.X. otasini bergan tanbehiga zarda qilib, ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqoʻrgʻon tumani, “Nurafshon” MFY xududidagi dala-adirlik maydoniga oʻzi bilan birgalikda benzin yonilgʻisini olib kelib, oʻzini ustidan quyib, oʻzini yoqib, oʻz joniga suiqasd qilgan. X.X.ni yonib jaroxat olganligini koʻrib qolgan fuqarolar unga yordam koʻrsatib, shifoxonaga olib kelishgan.
Tibbiy maʼlumotga koʻra, X.X.ning badanida, alangadan tanasining 50% qismida chuqur kuyish jaroxatlari mavjudligi koʻrsatilgan. Shifkorlar tomonidan koʻrsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 13.02.2023-yil kuni shifoxonada vafot etgan.
13.02.2023-yilda Yangiqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir