So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Sovuqda va shamda oʻtirsang ham uyingda oʻtir, IIB kamerasida emas” — Deputat
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Muzaffar Jamolitdinov oʻzining Facebook sahifasida ijtimoiy tarmoqlarda gaz, “svet” va gaz quyish shoxobchalaridagi navbatlarni tanqid qilayotgan fuqarolarni qoralab chiqdi.
“Ijtimoiy tarmoqda gaz, «svet” yoʻqligidan noliyotganlarni shaxsini surishtirib koʻring birortasi qamalib chiqqan emas. Yaʼni qamalib ozodlikdan mahrum boʻlganlar ozodlik, erkinlik va tinchlik qadriga shu darajada yetadiki, gaz, svet muammosi ahamiyatsiz boʻladi.
Qamalib chiqqan odam qoʻrqqanidan emas, tinchlik va xotirjamlikni qadrini bilganidan gaz, “svet” muammosini gapirmaydi. Yaʼni tinchlik, xotirjamlik, ozodlik va erkinlik bebaho tengi yoʻq, katta neʼmat», — deb yozdi deputat.
Deputat barcha fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda nolishni bas qilishga chaqirdi.

“Shamda oʻtirsang ham uyingda oʻtir, IIBni kamerasida emas. Sovuqda oʻtirsang ham bola-chaqangni oldida oʻtir, «Milliy xavfsizlik” — (MXX Prezident farmoniga koʻra, 2018-yil qayta tashkil etilib, DXX deb nomlangan edi) kamerasida emas.
Metan “zapravka”da navbatda tursang ham mayli Uychi “turmani” “sanchasti”da navbatda turma. Maʼlumot uchun, Uychi “turmani” kameralari issiq va yorugʻ. U yerda hech qachon “svet” oʻchmaydi kameralarga sovuq kiradigan ochiqlikda emas. Hamma joyi yopiq. Xulosa chiqaring», — deb yozdi Jamolitdinov.