So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Jeenbekovni Xudo jazosini bersin” — Atambayev ozodlikka chiqqach nima dedi?
Almazbek Atambayev kriminal avtoritet Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilgani uchun 11,2 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Qirgʻiziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga davolanish zarurati tufayli mamlakatni tark etishga ruxsat berildi.
Ozodlikka chiqqanidan keyin Qirgʻiziston sobiq prezidenti zudlik bilan davolanish uchun uchib ketishi kerakligini, ammo u albatta qaytib kelishini aytdi.
“Men har doimgidek qaytaman, Iʻll be back”, — dedi u.
Qayd etish kerak, Pervomayskiy tuman sudi Qirgʻiziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga davolanish zarurati tufayli mamlakatni tark etishga ruxsat berdi. Atambayev Sputnik nashriga bergan intervyusida davolanish uchun Ispaniyaga borishini aytdi.
“Shaxsiy taklif Ispaniya hukumati va Sotsinternʻan keldi. Men ulardan minnatdorman. Shuning uchun Ispaniyaga davolanishim kerak, deb oʻylayman”, — dedi u.
Atambayev jurnalistlarni sudga berib, katta xato qilganini aytdi.
“Prezident boʻlganimda jurnalistlarni sudga berib katta xato qildim! Atambayev u haqida aniq yozgan OAVga minnatdorchilik bildirdi.Balki norozilik namoyishlari boʻlgandir, lekin jurnalistlardan minnatdorman. Albatta, soʻz erkinligi boʻlishi kerak, deb hisoblayman. Men sudga ariza berib, xatoga yoʻl qoʻydim. Prezident ekanligimni hisobga olmadim”, - deydi u.
Bundan tashqari jurnalistlar Atambayevga: “sobiq prezident Sooranbay Jeenbekovni kechirasizmi?” deb savol berishdi.
“Men Sooronbay Jeenbekovni quvib yoki biror narsa qilmoqchi emasman, Xudo jazosini beradi va allaqachon jazoladi ham”, — dedi Atambayev.
Sobiq prezident ozodlikka chiqqach, Almazbek Atambayevning rafiqasi ham intervyu berdi.
“Eng yaqin odamlar yigʻildi. Biz har doimgidek quurdak, shoʻrpo, beshbarmoq pishiramiz. Qarindoshlar palov olib kelishdi”, - deydi sobiq prezidentning rafiqasi Raisa Atambayeva.
Eslatib oʻtamiz, sud sobiq prezident Almazbek Atambayevni kriminal avtoritet Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilgani uchun 11,2 yil qamoq jazosiga hukm qilgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir