So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Putin uchun temir yoʻl liniyalari va maxfiy bekatlar qurildi
Stansiyalar qurilishiga Dmitriy Medvedev oʻzining shaxsiy yeridan joy ajratgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun, uning barcha asosiy qarorgohlariga olib boruvchi temir yoʻl liniyalari hamda bir nechta maxfiy bekatlar qurildi, deb xabar berdi Proyekt nashri.
Materialda maʼlum qilinishicha, Putinning Novgorod viloyatidagi Valdaydagi qarorgohidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda vertolyot maydonchasi bilan qoʻriqlanadigan temir yoʻl stansiyasi joylashgan.
Proyekt jurnalisti uni 2022-yilning kuzida Dolgi Borodi qishlogʻi yaqinidagi Valday milliy bogʻi hududidan topgan. Nashr tomonidan oʻrganilgan sunʼiy yoʻldosh suratlariga koʻra, Valdaydagi Putin uchun vokzal va temir yoʻl 2019-yilda qurilgan.
“Ulardan faqat prezidentning harakati uchun foydalaniladi”, - dedi mahalliy aholi.
Moskva viloyati va Krasnodar oʻlkasi
Moskva viloyatidagi Novo-Ogaryovodagi Putin qarorgohi yaqinidagi temir yoʻl vokzalining qurilishi 2015-yilda qurib bitkazilgan.
Stansiya turar joydan 400 metr uzoqlikda joylashgan. Buning uchun yer Rossiya Federatsiyasi hukumatini boshqargan Dmitriy Medvedevning qarori bilan xususiy mulkdan ajralgan. Stansiya baland panjara ortida yashiringan.
“2017-yilda Sochida, Bocharov Ruchey prezident qarorgohi yaqinida temir yoʻl platformasi va oʻlik yoʻl qurilgan boʻlib, u poyezdlar harakatlanadigan relslardan panjara bilan yashiringan”, — deya qoʻshimcha qildi Proyekt jamoasi.
Putin uchun tayyorlangan zirhli poyezd

Avvalroq “Dosye” tergov markazi 2021-yilning ikkinchi yarmida Rossiya prezidenti tashqi koʻrinishidan odatdagidan unchalik farq qilmaydigan zirhli poyezdda harakatlana boshlagani haqida xabar bergan edi.
Sota nashri Putin zirhli poyezdi Moskvadagi Komsomolskaya maydoni yaqinida joylashgan maxsus stansiyadan foydalanishi mumkinligini daʼvo qildi.
Proyekt bilan suhbatlashgan sobiq muhandisning soʻzlariga koʻra, zirhli poyezd Moskva-Kalanchevskaya stansiyasidagi depoda joylashgan. U yerda yuqori mansabdor shaxslar uchun yopiq stansiya mavjud.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir