So`ngi yangiliklar
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
“Men 10 oy qamoqda oʻtirganman” — Namanganlik deputatning vakolati muddatidan oldin tugatildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan deputat Muzaffar Jamolitdinovning faoliyati koʻrib chiqildi va uning deputatlik vakolati muddatidan oldin yakunlandi.
Tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan sobiq deputat nega bunday maʼnoda post joylaganiga oʻzining Facebook sahifasida izoh berdi.
Jamolitdinovning aytishicha, bundan 6 yil oldin u 10 oy davomida qamoqda oʻtirgan.
“Post qoʻyilgach turli guruxlarda chiqa boshlagan munosabatlardan soʻng oʻzim qoʻygan postni takror-takror oʻqib notoʻgʻri joylanganimni angladim.
Yaʼni mendagi asl maqsad xalqni qamalishi bilan qoʻrqitish yoki taxdid qilish emas, balki tinchlik xotirjamlikni qadriga yetishga qaratilgan edi.
Nima uchun ushbu postda aynan qamoq bilan bogʻliq xolatga toʻxtalganimga ham izoh bermoqchiman. Bundan 6 yil avval men oʻzim bir ishda ayblanib 10 oy qamoq extiyot chorasida “turma”da saqlanganman.
Shunda oilaviy xotirjamlik tinchlik hamma narsadan ustunligini anglab yetganman. Men 10 oy davomida kechirgan tashvishlarim shu darajada ogʻir boʻlganidan hamda yana qaytadan tiklanish juda qiyin boʻlganidan ayni kundagi elektr va gaz bilan bogʻliq muammolar oʻz nazarimda yengildek tuyuldi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan kommunal muammolar bilan bogʻliq turli videolarni koʻrib hayolimdan “bundan ham ogʻir tashvishlarda yurganlar bor” degan fikr bilan post joylagan edim.
Joylangan postni kimdur birinchi boʻlib notoʻgʻri talqin etgani natijasida ortidan barcha kanal va sahifalarda turli tanqidlar urchib bordi.
Shu oʻrinda men joylagan postni taxdid deb qabul qilgan fuqarolardan toʻgʻri qabul qilishlarini soʻrab uzur soʻrayman”, — deb yozdi u.
Shuningdek, Muzaffar Jamolitdinov deputatlik faoliyati davomida qilgan ishlari haqida maʼlumot berdi.
“Deputatlik vakolatim davomida jami 16 ta fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlarida fuqarolarni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jamoat himoyachisi boʻlib ishtirok etganman.
Shundan 6 ta fuqaroni oʻz kafilligimga olganim va ularga qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlash haqida sudlarga kiritgan iltimosnomalarim sudlar tomonidan qanoatlantirilib oʻsha fuqarolar hozirda jamiyatdan ajralmagan holda ishlab oʻqib yuribdi (videomateriallar hamda sudlarni hukmlari joylanadi).
Men oʻzim saylangan okrugimdagi fuqarolar bilan xonadonbay va fuqarobay ishlashda qator ishlarni saylovchilar bilan birga amalga oshirib kelganman.
Bugungi ochiqlik siyosatida fikr bildirgan va muammolarni aytgan fuqaro qamalmasligini aksincha fuqarolar koʻtargan muammolarni bartaraf etish choralari koʻrilayotganini barcha koʻrib bilib turibdi.
Bugungi davlat siyosati shu darajada insonparvarki, xalparvarki hatto men oʻzim ham bitta qoʻygan postim ortidan odamlarni talqini va tanqidini muhokama qilmasdan deputatlik vakolatimni muddatidan avval tugatish haqida ariza berdim”, — deb yozdi Jamolitdinov.
Maʼlumot oʻrnida, Muzaffar Jamolitdinov OʻzLiDep partiyasi aʼzosi boʻlgan. U 2019-yil saylovda saylangan boʻlib 2020-yildan deputatlik faoliyatini boshlagan.



