So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Onang ** boʻlsin” – Samarqandda bloger restoranda janjal koʻtarib, IIB xodimlarini kurakda turmaydigan soʻzlar bilan haqorat qildi
Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal koʻtargan. Viloyat IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, bloger ishchilarga kuch ishlatishga uringan, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini kurakda turmaydigan soʻzlar bilan haqorat qilgan.
Maʼlum qilinishicha, 12-fevral kuni oʻzini bloger deb tanishtirgan Samarqand shahrida yashovchi fuqaro M.A. “Istiqlol” restoranida ovqatlanib, spirtli ichimlik taʼsirda, restoran ish faoliyatini yakunlash arafasida restoran ishchilaridan qoʻshiq aytish uchun mikrafon soʻragan.
Restoran ishchilari ushbu restoranda “karaoke” yoʻqligi hamda restoran ish faoliyatini tugatganligini tushuntirmoqchi boʻlganida, fuqaro M.A. ishchilarni uyatsiz soʻzlar bilan haqorat qilgan, urmoqchi boʻlgan.
Restoran ishchilari hodisa joyiga Milliy Gvardiya qoʻriqlash xizmatini chaqirgan. Qoʻriqlash xizmati xodimlari fuqaro M.A. ni tinchlantirishmoqchi boʻlganida u xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, xodimlarning xizmat faoliyatiga qarshilik koʻrsatgan.
Shundan soʻng, M.A. Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 2-son IIBga olib kelinib, u bilan suhbat oʻtkazilib, xodimlar uni tinchlantirishmoqchi boʻlganda M.A. meʼyoridan ortiq spirtli ichimlik istemol qilgani sababli baqir-chaqir qilib, kapitan D.Shodmonovni shaʼni qadr-qimmatini kamsitib, uyatli soʻzlar bilan haqorat qilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.