So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
ДХХ наркокурьерлар гуруҳини қўлга олди
Ularga Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudida hukm oʻqildi.
Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyatida narkotik modda oldi-sotdisi bilan shugʻullangan bir nechta shaxsni qoʻlga oldi.
Maʼlum boʻlishicha, Termiz tumanida yashovchi, 1989-y.t. fuqaro 2021-yilning sentyabr oyida Denov tumanida tojikistonlik shaxsdan 2 kg “opiy” moddasini 14 ming AQSH dollariga sotib oladi va kelgusida uni qayta sotib, daromad topish maqsadida uyida saqlaydi.
2022-yilning iyun oyida u Termiz shahri va Termiz tumanida yashovchi, 1983 va 1986-yillarda tugʻilgan 2 nafar tanishi bilan ushbu ajal ogʻusini 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida, ular Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Shuningdek, holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida Termiz shahrida yashovchi, 1985-y.t. shaxs ham mazkur noqonuniy ishga aralashganligi aniqlandi. Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining hukmiga koʻra, ushbu
4 nafar shaxs Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga 12 yildan 14 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.