So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston fuqarosining jasadi Istanbuldan Toshkentga joʻnatildi
Turkiyada qidiruv-qutqaruv olib borayotgan qutqaruvchilar 107 nafar fuqaroni olib chiqishdi.
Turkiyadagi zilzila oqibatida halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosining jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 12-fevral kuni zilzila natijasida Shonliurfa shahrida vafot etgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi asli namanganlik 42 yoshlik M.B.ning jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi.
“Marhumani Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va maʼnaviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz”, — deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, oʻzbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyaning Hatay provinsiyasida yana ikki nafar jabrlanganlarni qulagan binolar ostidan chiqarib oldilar.
Shunday qilib, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangandan buyon, yaʼni 7-fevral kunidan bizning otryadlar tomonidan 16 nafar jabrlanganlar qutqarilib, 107 nafar halok boʻlganlar olib chiqildi.
AFAD taqdim qilgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada qurbonlar soni 31 643 kishini tashkil etmoqda, 80 278 kishi jarohat olgan. 6444 ta bino vayron boʻlgan. Jami 11 302 ta zarar haqida ogohlantirish olingan.