So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Hayraton — Mozori Sharif” temir yoʻlidan foydalanish boʻyicha 2 yillik bitim imzolandi
Tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi.
12-fevral kuni Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK oʻrtasida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʻlida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish toʻgʻrisida yangi kelishuv imzolandi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot-tahliliy media markazi xabar bermoqda.
Unga koʻra, “Sogdiana trans” yana ikki yil davomida oʻz faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi.
Bundan tashqari, Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, 10−11-fevral kunlari Afgʻonistonga 714 ta yuk vagoni yetkazilgan. Bugungi kunga qadar yuklarni yetkazib berish davom etmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir