So`ngi yangiliklar
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Yevroparlament vitse-prezidenti korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi

Yevroparlament vitse-prezidenti Yeva Kayli Belgiya poytaxti Bryusselda qoʻlga olindi. Bu haqda DW xabar bermoqda. Hibsga olish hozirda jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan Qatar tomonidan ehtimoliy korrupsiyaga oid tergov doirasida yuz berdi.
Hozirda bu ish boʻyicha Bryusselda jami besh kishi hibsga olingan. Shu munosabat bilan Yeva Kayli Gretsiya sotsialistik partiyasi PASOKdan chiqarib yuborildi.
Qayd etish kerak, Kayli Yevroparlament vakillaridan biri boʻlib, Qatardagi mehnat bozoridagi vaziyatni kuzatgan, u yerda huquq himoyachilari Osiyo va Afrikadan kelgan mehnat muhojirlari huquqlarining koʻplab buzilishi holatlarini qayd etgan.
22-noyabr kuni Yevroparlamentda nutq soʻzlab, Qatardagi mehnat bozori islohotiga ijobiy baho bergan. Chempionat boshlanishidan biroz oldin Kayli Qatar mehnat vaziri Ali bin Samih Al-Marri bilan uchrashgan.



