So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiya xavfsizlik kuchlari 50 nafarga yaqin morodyorlarni qoʻlga olindi
Turkiyada favqulodda holat vaqtida politsiyachilarga morodyorlik qilganlarga nisbatan qurol ishlatishga huquq berilgan.
Turkiya xavfsizlik kuchlari shanba kuni mamlakat janubi-sharqidagi zilziladan jabrlangan hududlarda talonchilikda gumon qilib 48 kishini hibsga oldi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.
Unga koʻra, gumonlanuvchilar sakkiz viloyatda qoʻlga olingan, ular hozirda soʻroq qilinmoqda. Qayd etish joiz, bino qurishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan pudratchilar va arxitektorlar ham qoʻlga olinmoqda.
Jumladan, “Rönesans Rezidans” turar-joy majmuasi Mehmet Yasar Choskun Chernogoriyaga uchib ketmoqchi boʻlgan paytda Yangi Istanbul aeroportida qoʻlga olingan edi.
Maʼlumot oʻrnida, Turkiya parlamenti favqulodda holat vaqtida politsiyachilarga morodyorlik qilganlarga nisbatan qurol ishlatishga huquq berdi.
6-fevral kuni Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir boʻldi. Yer silkinishlari ortidan yuzlab yer silkinishlari mamlakatning 10 viloyati va qoʻshni shtatlarida sezilgan, ulardan Suriya eng koʻp jabr koʻrgan. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 28 mingdan oshdi.