Qidirish

22:38 / 2023-02-10 601 0 Siyosat

Moldova hukumati isteʼfoga chiqdi

Bosh vazir Natalya Gavrilitsa hukumat oʻz faoliyati davomida energetika shantajiga duch kelganini maʼlum qildi.

world-news

Moldova hukumati bosh vazir Natalya Gavrilitsa bilan birgalikda isteʼfoga chiqdi. Bu qaror mamlakat prezidenti Mayya Sandu bilan maslahatlashuvlardan soʻng qabul qilindi. Bu haqda Gavrilitsa 10-fevral ommaga eʼlon qildi.

Hukumatda bir yarim yil ishlaganimdan soʻng, isteʼfoga chiqishimni eʼlon qilish vaqti keldi. Biz inqirozga uchragan hokimiyatga keldik va rivojlanish, korrupsiyaga qarshi kurash va YEIga integratsiya siyosatini olib bordik”, - deydi u.

Natalya Gavrilitsaning soʻzlariga koʻra, hukumat oʻz faoliyati davomida energetika shantajiga duch kelgan.

Ular biz taslim boʻlib, milliy manfaatlarga xiyonat qilgan avvalgi hukumatlar kabi ish tutamiz deb oʻylashdi, ammo unday emas. Biz uzluksiz inqiroz rejimida ishladik”, - deya taʼkidladi Gavrilitsa.

Mayya Sandu Bosh vazirga “katta fidoyilik va saʼy-harakatlar uchun” minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, inqiroz davrida Gavrilitsa hukumatni boshqarganini taʼkidladi.

Misli koʻrilmagan qiyinchiliklarga qaramay, mamlakat masʼuliyat bilan, katta eʼtibor va fidokorona mehnat bilan boshqarildi. Bizda barqarorlik, tinchlik va taraqqiyot bor - bu yerda boshqalar urush va bankrotlikni xohlardi”, — deb yozdi Moldova prezidenti.

Qonunga koʻra, hukumatni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi farmon davlat rahbari tomonidan imzolanishi kerak, vazirlar mahkamasi esa yangi hukumat qasamyod qilguniga qadar oʻz vazifalarini bajarishda davom etadi.

Shu kuni prezident Sandu Moldova Xavfsizlik kengashi kotibi, prezidentning xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Dorin Recheanni Bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatish haqidagi farmonni imzoladi.

Moldovada energiya inqirozi

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli Moldova 2022-yilda energiya inqiroziga duch keldi.

Energetika xavfsizligi xavf-xatarlari biz duch kelayotgan asosiy xavflardir, chunki bizda Ruminiya energetika tizimiga ulanishi mumkin boʻlgan yuqori voltli liniya yoʻq”, — degan edi Gavrilitsa.

Uning soʻzlariga koʻra, Moldovada Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga bergan zarbalari tufayli butun mamlakat boʻylab ikki marta toʻliq oʻchirilgan.

Bundan tashqari, Rossiya respublikaga gaz yetkazib berishni sezilarli darajada cheklab qoʻygan va uni butunlay toʻxtatish bilan bir necha bor tahdid qilgan. Kishinyov taʼminot hajmining qisqarishini toʻlov masalalari bilan bogʻliq boʻlmagan siyosiy qaror deb atadi.

Moldova tashqi ishlar vaziri Niku Popesku noyabr oyida Yevropa Ittifoqining respublikaga zaruriy yordamini energiya narxi oshishi sababli 1,1 milliard yevroga baholagan edi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Moldova uchun donorlarning ikkita konferensiyasi allaqachon boʻlib oʻtgan va ularda 600 million yevroga yaqin mablagʻ yigʻilgan. Bundan tashqari, Germaniya, Fransiya va Ruminiya bu davlat uchun hamkorlikda yordam platformasini yaratgan.

2022-yil iyun oyida YEIning 27 davlati davlat va hukumat rahbarlari Moldovani Yevropa Ittifoqiga aʼzolikka nomzod sifatida tan oldi.

Izohlar 0

Fikr bildirish