So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
1 mlrd gʻolibiga aylaning: Qurilish vazirligi “Yangi Toshkent meʼmoriy qiyofasi” tanloviga start berdi
Qurilish vazirligi tomonidan “Yangi Toshkent meʼmoriy qiyofasi” tanloviga start berilgan boʻlib, bugun “ToshkentboshplanLITI”da ushbu tanlovni oʻtkazish bosqichlari, yoʻnalishlari, tanlovda ishtirok etish shartlari boʻyicha ishtirokchilarga tushuntirish berilgan.


Loyihachilardan tarix, turizm va texnologiya yoʻnalishlarining mavzusi va funksiyalaridan kelib chiqib, Uchinchi renessans gʻoyasiga munosib betakror loyihalarni ishlab chiqish talab etilmoqda.
Eng munosiblarga taqdim etiluvchi super qiymatdagi mukofotlar:
Har bir yoʻnalish boʻyicha:
1-oʻringa – 1 mlrd. soʻm miqdorida
2-oʻringa – 300 mln. soʻm miqdorida
3-oʻringa – 100 mln. soʻm miqdorida
Maxsus oʻrin egalariga 50 million soʻmdan pul mukofotlari topshiriladi.
Tanlovda roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni: 2022-yilning 15-dekabr kuni.
Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan [email protected] elektron pochta manzili orqali batafsil tanishishingiz mumkin.