So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Jizzaxda 3 ta yangi korxonani ishga tushirdi
Prezident Jizzax viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Jizzax viloyatida sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini koʻpaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda Mirziyoyev 3 ta yangi korxonani ishga tushirdi. Ular – Forish tumanidagi “Eco Basalt Group”, Jizzax sanoat zonasidagi “Mono Electric” va “Super medical elements” shirkatlaridir.

Maʼlum boʻlishicha, birinchi korxona bazaltdan yiliga 5 ming tonna kompozit quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi. “Mono Electric”da 1 ming 500 turdagi elektr texnika mahsulotlari, “Super medical elements”da 40 turdagi tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi. Ushbu korxonalar hisobiga, 700 dan ortiq aholi yuqori daromadli doimiy ish joyiga ega boʻladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi. Shuning bilan Jizzax viloyatiga tashrif yakunlandi, Mirziyoyev Toshkentga joʻnab ketdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir