Qidirish

19:09 / 2023-02-10 406 0 Siyosat

“Gʻarb vaziyatni siyosiylashtirmoqda” — Asad

Dunyo mamlakatlari Rossiya tufayli, Bashar Asad rahbarligidagi davlatga yordam berishni istamayapti.

world-news

Suriya prezidenti Bashar al-Assad Aleppo shahriga safari chogʻida Gʻarb zilzila fonida vaziyatni siyosiylashtirayotgani, u yerda insonparvarlik yoʻqligini aytdi.

Bugun, 9-fevral kuni Suriya prezidenti Aleppodagi kasalxonaga va zilziladan keyin vayronalarni olib tashlash joyiga tashrif buyurdi.

Tabiiyki, Gʻarb vaziyatni siyosiylashtirmoqda. Gumanizmga kelsak, u ilgari ham, hozir ham yoʻq”, — dedi Suriya rahbari.

Dushanba kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi, kuchli silkinishlar Suriyada ham sezildi. Suriya Sogʻliqni saqlash vazirligining payshanba kuni bergan maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 1347 nafarga yetgan, qurbonlar soni 2,2 mingdan oshgan.

Avvalroq Asad rafiqasi Asma bilan Aleppodagi zilzila qurbonlari joylashgan kasalxonaga tashrif buyurgan edi. Turkiya kabi ogʻir musibatni boshidan oʻtkazgan suriyaliklar siyosiy oʻyin qurboni boʻlishmoqda. Ruslar changalida qolgan mamlakat hozirda yordamga juda muhtoj holatda boʻlib turibdi.

Dunyo mamlakatlari esa Rossiya tufayli, Bashar Asad rahbarligidagi davlatga yordam berishni istamayapti. Buning ortida kim turganini esa yaxshi oʻzingiz yaxshi bilasiz.

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Suriya gumanitar yordamga muhtoj ekanligini qayd etib, dunyo mamlakatlarini yordam berishga chaqirdi.

Ayni paytda hamma bilishi kerakki, hech qanday sanksiyalar Suriya xalqiga yordam koʻrsatishga taʼsir qilmasligi kerak”, — dedi u.

Izohlar 0

Fikr bildirish