So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Suv osti va ustida harakatlanadigan “akula” — Jet Shark yangi avlod transportini yaratdi
Jet Shark qayigʻining sotuvi 2024-yil boshlaridan boshlanadi.
Jet Shark kompaniyasi odamlarni tashishga moʻljallangan yangi suv osti va ustida harakatlanuvchi transportini yaratdi. Ushbu transport suv osti va ustida harakatlangan holda, tezlikda yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga yetkaza oladi.
“Q” (“kyu” kod nomi) nomli ushbu texnologiya suv osti kemasi emas, aksincha korpusning maxsus shakli va zamonaviy suzish qobiliyati uni asosan suv ustida suzishini taʼminlaydi.

Ammo, u delfin va akulalar kabi bir yarim metr suvga shoʻngʻib keyin tezlashish uchun suvdan sakrab harakatlanish imkoniyatiga ega. Ilgari bu kabi zamonaviy suv transporti texnologiyalari hajmi juda kichik boʻlib uzogʻi ikkitagacha odamni sigʻdira olgan.
Jet Shark qayigʻi esa oʻz bortiga toʻrttagacha yoʻlovchini sigʻdira oladi. Ammo ushbu miqdorni oltitagacha yetkazish imkoniyatlari ham koʻrib chiqilmoqda.
Zamonaviy qayiq panorama oynali kapsula tipidagi himoya qobigʻiga ega boʻlib, yoʻlovchilar bemalol suv osti dunyosini ham kuzatishlari mumkin.
Ushbu suv transporti 420 ot kuchiga ega Kodiak Marine dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, uning quvvati yaqin kelajakda 600 ot kuchigacha koʻtarilishi rejalashtirilgan.

Qurilma suv ostida boʻlganda “akula jabrasi” deb nomlangan quvur qism orqali kislorod bilan taʼminlanadi. Orqa va old qanotlar manyovr qilish va yoʻnalishni boshqarish uchun rul vazifasini bajaradi. Ushbu qayiqning tezligi soatiga 90 kilometrni tashkil qiladi.
Toʻqnashuv halokatlarining oldini olish maqsadida, qurilma suv ostida harakatlanyotganda sirtni kuzatish imkonini beruvchi kamera qanotning yuqori qismida joylashgan.

Kompaniya vakillari ushbu qayiq har qanday holatda ham agʻdarilib ketmasligi, xatto qayiq ichi suvga biroz toʻlganda ham u suza olishini kafolatlamoqdalar.
Afsuski, dizaynning murakkabligi tufayli ishlab chiqarishni boshlash uchun barcha sertifikatlarni olish hali koʻp vaqt talab etadi, shuning uchun Jet Shark qayigʻining sotuvi 2024-yil boshlaridan boshlanadi. ushbu qurilmaning narxi 250-300 ming AQSH dollari atrofida boʻlishi kutilmoqda.
Manba: “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Axborot xizmati