So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Bashar Asad zilziladan talofat koʻrgan hududga bordi
Turkiya kabi ogʻir musibatni boshidan oʻtkazgan suriyaliklar siyosiy oʻyin qurboni boʻlishmoqda.

Suriya prezidenti Bashar al-Assad zilziladan talofat koʻrgan Aleppo shahriga tashrif buyurdi.
“Prezident Asad Aleppo shahrining Al-Mashariq tumanidagi qutqaruv guruhlari vayronalarni tozalash boʻyicha ish olib borayotgan hududga tashrif buyurdi, u yerda jarohatlanganlar va halok boʻlganlarni qidirmoqda
”, — deyiladi xabarda.
Dushanba kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi, kuchli silkinishlar Suriyada ham sezildi. Suriya Sogʻliqni saqlash vazirligining payshanba kuni bergan maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 1347 nafarga yetgan, qurbonlar soni 2,2 mingdan oshgan.
Avvalroq Asad rafiqasi Asma bilan Aleppodagi zilzila qurbonlari joylashgan kasalxonaga tashrif buyurgan edi. Turkiya kabi ogʻir musibatni boshidan oʻtkazgan suriyaliklar siyosiy oʻyin qurboni boʻlishmoqda. Ruslar changalida qolgan mamlakat hozirda yordamga juda muhtoj holatda boʻlib turibdi.
Dunyo mamlakatlari esa Rossiya tufayli, Bashar Asad rahbarligidagi davlatga yordam berishni istamayapti. Buning ortida kim turganini esa yaxshi oʻzingiz yaxshi bilasiz.
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Suriya gumanitar yordamga muhtoj ekanligini qayd etib, dunyo mamlakatlarini yordam berishga chaqirdi.
“Ayni paytda hamma bilishi kerakki, hech qanday sanksiyalar Suriya xalqiga yordam koʻrsatishga taʼsir qilmasligi kerak”, — dedi u.



