So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
DXX bir nechta yer sotarlarni qoʻlga oldi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Joylarda yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati Axborot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Boyovut tumanidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MCHJga qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun noturar joy sifatida berilgan 1 gektar yer maydonining 50 sotixini turar joy qurish uchun kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 12.500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Ulugʻnor tumanida yashovchi, 1990-y.t. va Baliqchi tumanida yashovchi, 1999-y.t. ikki fuqaro Ulugʻnor tumanidagi fermer xoʻjalik rahbariga goʻyoki mazkur xoʻjalik yer maydonlarida sherikchilik asosida tadbirkorlik bilan shugʻullanishlarini aytib, uning ishonchiga kirishadi va fermer xoʻjaligiga bogʻdorchilik uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonining kadastr hujjatlarini hamda fermer xoʻjalikning rasmiy muhrini qoʻlga kiritishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur ikki fuqaro ushbu 4 gektar yer maydonini 148 mln. 200 ming soʻm evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, undan soʻralgan pulni olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.