So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Erdogʻan falokat zonasiga joʻnab ketdi
Adiyamandan keyin Turkiya rahbari Malatyaga borishni rejalashtirgan.

Turkiya prezidenti Rejep Toyyiy Erdogʻan yana falokat sodir boʻlgan hududga borishi kutilmoqda. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Turkiya rahbari boʻlgan samolyot juma kuni Anqaradan Adiyaman viloyatiga yoʻl oldi. Avvalroq Erdogʻan Qahramonmarash shahri va Qahramonmarash viloyatining Pazarjin tumani, Hatay viloyatining Hatay va Iskenderun shaharlari, shuningdek, Adana, Gaziantep, Kilis va Usmoniya viloyatlariga tashrif buyurib, vaziyat bilan tanishgan edi.
Adiyamandan keyin Turkiya rahbari Malatyaga borishni rejalashtirgan.
6-fevral, dushanba kuni epitsentri Qahramonmarashda 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) ikkita zilzila sodir boʻldi.
Epitsentri Turkiyaning Qahramanmarash shahrida sodir boʻlgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 18,3 ming kishidan oshdi. Prezident Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.
Vayronkor zilzila qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, soat 08.30 holatiga zilzila oqibatida 18 ming 342 kishi halok boʻldi, 74 ming 242 kishi tan jarohati oldi.



