So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Bir paytlar 1 gektar yerni xalqqa berish mumkin emasdi. Hozir 200 ming gektar ajratdik” — Prezident
Prezident Paxtakor tumanidagi “Paxtakor elita urugʻchiligi” fermer xoʻjaligiga bordi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida 10-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident birinchi boʻlib, Paxtakor tumanidagi “Paxtakor elita urugʻchiligi” fermer xoʻjaligiga bordi. Davlat rahbari oʻtgan yili oktyabrda Sirdaryo viloyatida boʻlganida dala chetlaridagi yerlardan samarali foydalanish, fermer va ishchilarga qulaylik yaratish uchun dala uylari qurish zarurligini aytgan edi.

Buning ijrosi va samarasi mazkur fermer xoʻjaligida namoyon. Dala chetiga tut, uzum, poliz va dukkakli mahsulotlar ekilgan, asalari uyalari qoʻyilgan. Yengil konstruksiyalardan dala uyi qurilgan, uning tomida quyosh panellari oʻrnatilgan.
Prezident ushbu uyni kirib koʻrdi, fermer oilasi bilan suhbatlashdi. Qishloq xoʻjaligi sohasi mutasaddilari va paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari bilan muloqotda hosildorlikni oshirish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

“Biz nimaga boyligimiz boʻlgan yerni klasterlarga berdik? Xalqqa nafi tegishi uchun. Endi klasterlar islohotlarga munosib boʻlib, davlat siyosatini amalga oshirishi kerak. Qishloq xoʻjaligini sanoatlashtirish, korxonalar ochish va kasanachilik orqali oʻz hududida ishsizlikni kamaytirishi zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekistonda ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun yerlar ajratilmoqda. Jizzax viloyatida bu orqali 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini taʼminlash moʻljallangan.

“Bir paytlar 1 gektar yerni xalqqa berish mumkin emasdi. Hozir 200 ming gektar ajratdik. Nima uchun? Odamlarga daromad manbai boʻlishi uchun. Endi “qarsak ikki qoʻldan chiqishi” kerak”, - dedi davlat rahbari.
Fermerlarning manfaatdorligini taʼminlash, mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir