So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori hamda uning jinoiy sheriklari hibsga olindi — DXX
“DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojoʻya taʼsiri sababli “oʻtkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
Farmatsevtika sohasidagi korrupsiyaviy jinoyatlar fosh etilmoqda, deya xabar bermoqda DXX Axborot xizmati.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda oʻtkazilgan oʻrganish yakunlariga koʻra aniqlangan juda koʻp miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda byudjet mablagʻlarining sarf qilinishida belgilangan talablarning qoʻpol ravishda buzilganlik holatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojoʻya taʼsiri sababli “oʻtkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
Xususan, toʻplangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador boʻlgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish boʻyicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
“Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini Oʻzbekistonga import qilib, isteʼmolga chiqarilishiga ruxsat bergan masʼullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar oʻtkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.