So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namangan hokimi Uychidagi kuz-qish shtablari faoliyatini oʻrganib, ijtimoiy soha obyektlarida boʻldi
Bugun, 10-dekabr kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzakov Uychi tumanida kuz-qish shtablari faoliyatini oʻrganib, ijtimoiy soha obyektlarida boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, hokim dastlab tuman tibbiyot birlashmasi markaziy kasalxonasi qozonxonasi va bu yerda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yaratilgan koʻmir zaxirasi bilan tanishgan.
Soʻng qabul boʻlimida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, dori-darmon taʼminoti, xonalardagi harorat oʻrganilib, bemorlar bilan suhbatlashilgan.
Tuman hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish hamda vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni vaqtida bartaraf etish, mavsumda tumandagi koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlariga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida uzluksiz faoliyat olib boruvchi ”Uychi tuman kuz-qish shtabi” tashkil etilgan.





Tumanda “Namangan koʻmir taʼminot” MCHJ aholining koʻmirga boʻlgan talab va ehtiyojini toʻliq qondirib kelmoqda. Bu yerda koʻmir taʼminotidagi vaziyat doimiy nazoratga olingan. Shuningdek, 9-maktabga tashrif davomida ham issiqlik taʼminoti yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi, yetarli koʻmir zaxirasi yaratilganligi maʼlum boʻldi.
Shavkatjon Abdurazzakov kuz-qish shtablari faoliyatini uzluksiz va tizimli tashkil etish, har bir murojaatni oʻrganish va amaliy natijaga erishish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir