So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Moldovadan Oʻzbekistonga xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindi
Jinoyatchini qoʻlga olish Toshkent va Kishinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor - axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari boshchiligida diniy-ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun qidirilayotgan jinoyatchi Kishinyov shahridan Toshkentga yetkazildi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, hibsga olingan shaxs Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qoʻshilgan va u yerda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarda ishtirok etib, tashkilot yetakchilaridan biriga aylangan edi.
Jinoyatchini qoʻlga olish Toshkent va Kishinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor - axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.
Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstraditsiya masalasi ijobiy hal etilganidan soʻng, qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirildi.