So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Polat Shamshetovning oʻlimi yuzasidan rasmiy bayonot berildi
Mustaqil komissiya marhumga nisbatan ruhiy yoki jismoniy qiynoq qoʻllanilishi mumkinligiga oid maʼlumotlar assosiz ekanligi aniqladi.
Mustaqil komissiya marhum Polat Shamshetovning bevaqt oʻlimi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya aʼzolari Polat Shamshetovning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida 4-sonli Tergov hibsxonasiga borib, u yerdagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy xulosa va boshqa tegishli hujjatlarni oʻrganishdi. Shuningdek, marhum bilan bitta kamerada boʻlgan shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat oʻtkazishdi.
Marhum Poʻlat Shamshetov bilan bir kamerada boʻlgan B.M. va Sh.S.lar bilan suhbatda, ular 3-fevral kuni nonushtadan keyin kamerada sud hukmini qayta-qayta oʻqigan, muhokama qilishgan, tushlikdan soʻng sayr qilishgach, kameraga qaytishgan.
Ularning aytishicha, shu kunlarda Poʻlat Shamshetov koʻp tamaki chekkani tufayli nafas olishi ogʻirroq boʻlib qolgan. Xonadoshlarning soʻzlariga koʻra, oʻsha kuni marhum koʻp bezovtalangan, toʻsatdan ularning koʻz oʻngida xushini yoʻqotgan.
Kamera yozuvlarida marhum Shamshetovning oʻsha kundagi harakatlari, sanitariya-gigiyena xodimi va tez tibbiy yordamning operativ harakatlari aniq aks etgan.
4-fevral kuni soat 01:50da P.Shamshetovning sogʻligi yomonlashganligi sababli kameradoshlari hibsxona tibbiyot boʻlimi shifokorini chaqirtirgan.
Hibsxona tibbiyot boʻlimi feldsheri katta serjant D.Temirov kameraga kelgan vaqtida mahkum P.Shamshetov hushsiz holatda boʻlgan.
Soat 02:15 da RSHTTYOIM Buxoro viloyati filiali tez yordam shifokori A.Gʻafurov va feldsher M.Raxmonov yetib kelgan vaqtda mahkum Shamshetovni biologik oʻlim holatida ekanligini aniqlangan.
Oʻrganish davomida Buxoro viloyat sud tibbiy ekpertizasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlarning videoyozuvlari ham tahlil qilindi.
Shuningdek, Komissiya aʼzolari marhum vafot etgan kunda oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyatidagi filialidan jalb qilingan tez yordam shifokori A.Gʻafurov va feldsher M.Raxmonovlar hamda sud-tibbiy ekspertizasini oʻtkazgan Respublika Sud tibbiy ekspertiza markazi Buxoro viloyat filiali mutaxassislari bilan ham suhbatlashib, kerakli maʼlumotlarni olishdi.
Bundan tashqari, mahbuslarga tasdiqlangan menyu asosida berilgan taomlar koʻrib chiqildi va oshxonadagi sharoitlar oʻrganildi.
Oʻrganish davomida, marhumga nisbatan ruhiy yoki jismoniy qiynoq qoʻllanilishi mumkinligiga oid maʼlumotlar assosiz ekanligi aniqlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Sudning hukmi bilan P.Shamshetov Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir