So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Prezident transformator ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi
Mutasaddilar bu yil Oʻzbekistonda 3 ming 200 ta transformator, 12 ming kilometr kabellarga zarurat borligi haqida axborot berdi.
.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi “Aysel Energy” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Mirziyoyev soha mutasaddilariga elektr tarmoqlarini yangilash, zarur jihozlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.
Bu tashrif oʻsha vazifalar ijrosi, kelgusida energetik muammolarning oldini olishga qaratilgan ishlarning bir qismi. Prezident import tahlilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy mahsulotlarga buyurtmalarni koʻpaytirish muhimligini taʼkidladi.
“Umuman, energetika sohasidagi bunday ishlar elektr tarmoqlarining barqarorligini oshirishda muhim omil boʻladi” , — deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida, “Aysel Energy” yiliga 10 ming dona yirik elektr uskunalari ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Turkiya texnologiyasi oʻrnatilgan korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va oʻrnatish xarajati kam. Bu eskirgan transformatorlarni nafaqat poytaxtda, balki butun respublikada yangilash imkonini beradi.
Mutasaddilar bu yil Oʻzbekistonda 3 ming 200 ta transformator, 12 ming kilometr kabellarga zarurat borligi haqida axborot berdi.



