So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Vayronalar ostida 47 soat jon saqlagan 6 yoshli bola va aka-singillar qutqarib olindi
Kecha zilziladan soʻng, 29 soat vayronalar ostida qolib ketgan 6 oylik chaqaloq va uning onasi qutqarilgan edi.
Turkiyaning janubi-sharqidagi Shanliurfa shahrida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari doirasida vayronalar ostidan 47 soat oʻtib olti yoshli bola qutqarib olindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Ahmet Ayaz Abaq ismli bola Yangishehir mahallasida qulagan besh qavatli bino vayronalari ostidan qutqarilgan. Bolaga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, kasalxonaga yotqizilgan.
![]()
Shuningdek, Turkiya janubidagi Hatay viloyatining Antakya viloyatida zilziladan 46 soat oʻtib koʻngillilar 10 yoshli Ali Mullaoʻgʻli va uning 15 yoshli singlisi Zeynep Mullaoʻgʻlini vayronalar ostidan qutqarib oldi.
Qayd etish kerak, kecha zilziladan soʻng, 29 soat vayronalar ostida qolib ketgan 6 oylik chaqaloq va uning onasi qutqarilgan edi.
Eslatib oʻtamiz , 6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi.
Epitsentr Turkiyaning Qahramanmarash viloyati, sodir boʻlgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 7108 kishiga yetdi, 40910 kishi jarohat oldi. Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.