So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston togʻli hududlarida 8-9-fevral kunlari qor yogʻishi kutilmoqda – OʻzGidromet
2023-yilning 8-9-fevral kunlari A-373 “Toshkent – Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 8-13-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi elon qilinadi.
“Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi OʻzGidromet xabarida.