So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda 19 yoshli qiz oʻzini osib qoʻydi. Unga Milliy gvardiya xodimi shantaj qilgan boʻlishi mumkin
Mazkur holat yuzasidan marhumaning yaqinlari va boshqa tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Angrenning “Beruniy” MFYda joylashgan uy molxonasidan 19 yoshli qizning jasadi topildi. Bu haqda Effect.uzʻga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2004-yilda tugʻilgan qiz R.N. 28-yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda uyining molxona toʻsiniga matoga oʻzini osib, oʻz joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan marhumaning yaqinlari va boshqa tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Zoʻravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasida keltirilgan faktlarga koʻra, qizni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit shantaj qilib, uni fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan. Biroq Milliy gvardiya matbuot xizmati keltirilgan maʼlumotlarni tasdiqlanmadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.