So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ular katta tovon toʻlaydilar” — Erdogʻan
Erdogʻan xavfsizlikka tahdid bahonasida bir qancha Gʻarb davlatlarining Istanbuldagi konsulliklarining vaqtincha yopilishini qoraladi.
Davlat rahbari diplomatik missiyalar yopiq qolishda davom etsa, Anqara tegishli javob choralarini koʻrishi haqida ogohlantirdi.
“Yaqinda Tashqi ishlar vazirligimiz ushbu davlatlarning elchilarini chaqirib, ularga ultimatum qoʻydi. Unda aytilishicha, agar bu davlatlar bunday xatti-harakatlarni davom ettirsa, ular katta tovon toʻlaydilar”, — dedi Erdogʻan Turkiya gʻarbidagi Aydin viloyatida yoshlar bilan uchrashuvda.
Uning soʻzlariga koʻra, Turkiya Vazirlar Mahkamasining dushanba kuni boʻlib oʻtadigan yigʻilishida mavjud vaziyat boʻyicha zarur qarorlar qabul qilinadi.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli bu davlatlarning harakatlari maqsadli ekanini aytgan edi.
Istanbuldagi bir qancha davlatlarning bosh konsulliklari ishi vaqtinchalik toʻxtatilishi fonida toʻqqiz davlatning elchilari Turkiya TIVga chaqirildi.
Prezident Erdogʻan, Ukrainadagi urush tufayli yuzaga kelgan global oziq-ovqat inqirozi tahdidi va Qora dengiz yoʻlagi boʻylab gʻalla xavfsiz tashish boʻyicha Turkiya vositachiligida tuzilgan kelishuvga ham toʻxtaldi.
“Biz Qora dengiz orqali donni qabul qilib, butun dunyoga tarqatamiz. Prezident Putin: “Keling, bu donni tekinga beraylik, siz esa uni unga aylantirib, qashshoq Afrika mamlakatlariga yuborasiz” degandi.
Biz rozi boʻldik va hozir buni qilamiz. Albatta, bu kimnidir xavotirga solmoqda. Lekin nima boʻlishidan qatʼiy nazar, biz toʻgʻri ish qilamiz”, — dedi Turkiya rahbari.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir