So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
AQSH Turkiyaga qidiruv-qutqaruv guruhlarini yuboradi
USAID halokatli zilzila bilan kurashish uchun Turkiya hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladigan tabiiy ofatlarga javob berish guruhini (DART) joʻnatadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) halokatli zilzila bilan kurashish uchun Turkiya hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladigan tabiiy ofatlarga javob berish guruhini (DART) joylashtiradi.
“Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzila haqidagi xabar meni hayratda qoldirdi. Zilzila mintaqadagi deyarli bir asrdagi eng kuchlisi boʻldi. Minglab odamlar halok boʻldi, koʻplari vayronalar ostida qolmoqda”, — dedi USAID rahbari Samanta Pauer.
USAID rahbarining aytishicha, Turkiya hukumati, shuningdek, mahalliy hamkorlar va agentliklar bilan yaqindan hamkorlik qiladigan tabiiy ofatlarga javob berish guruhi allaqachon shakllantirilgan va tabiiy ofat hududiga yordam koʻrsatish uchun ish boshlashga tayyor.
“Ferfaks okrugi va Los-Anjeles oʻt oʻchirish departamentlaridan tashkil topgan USAID shahar qidiruv-qutqaruv guruhlari ishga tushirilmoqda.
“Qoʻshma Shtatlar Turkiya-Suriya chegarasining har ikki tomonida odamlarning fojiadan xalos boʻlishlariga yordam berish uchun zudlik bilan muhim insonparvarlik yordamini koʻrsatishga tayyor”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Maʼlum qilinishicha, 79 kishidan iborat maxsus oʻqitilgan qidiruv itlariga ega boʻlinma Merilend shtatidagi Dover bazasidan Turkiyaga uchishga hozirlik koʻrmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi.
Shu kungacha tabiiy ofat oqibatida 3419 kishi halok boʻlgan, 20 534 kishi jarohatlangan. Hammasi boʻlib vayronalar ostidan 7840 kishi qutqarib olindi.
Prezident Rejep Toyyip Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.