So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
“Oʻzbekneftgaz”: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 2200 tonnadan 2800 tonnaga oshirilmoqda

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev topshirigʻiga asosan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 2021-yilga nisbatan AI-80 rusumli avtobenzinning kunlik ishlab chiqarish hajmini 2200 tonnadan 2800 tonnaga, suyultirilgan gazni esa 14 532 tonnadan 15 700 tonnaga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz isteʼmolchilarini AI-80 rusumli avtobenzin va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Buxoro zavodida korxona va ishlab chiqarish sexlari rahbarlaridan “Tezkor shtab” tuzildi.
Korxonada tovar benzinlari va suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarilishini oshirishga qaratilgan ishlar tezkorlik bilan amalga oshirilmoqda. Benzin ishlab chiqarish qurilmasi loyiha quvvatini 100 foizdan 115 foizga oshirdi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida dekabr oyida qayta ishlash hajmlarini oshirishda import xom ashyolari ulushi ham 30 foizgacha oshirildi.
Oʻz navbatida, Respublikamiz ichki bozorida neft-gaz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazni isteʼmolchilarga yetkazib berish nafaqat temir yoʻl vagonlari, balki yuk tashuvchi avtotsisternalarda ham amalga oshirilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati



