So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiyadagi zilzila qurbonlari orasida oʻzbekistonliklar yoʻqligi maʼlum qilindi
Turkiya tarixida bunday zilzila sodir boʻlmagan. Zilzila sodir boʻlishi bilanoq Turkiya kerakli choralarni koʻrdi, halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq. Bu haqda Effect.uz muxbiri tashkil etilgan matbuot anjumanidan ma'lum qildi.
Bugun, 6-fevral kuni Turkiyaning koʻplab hududlarida falokatli zilzila sodir boʻldi, buning oqibatida 1100 dan ortgan. Jarohatlanganlar soni esa 6 mingdan oshgan.
“Har bir hududga ikkitadan vazirlar bordi. Hududlarga ikkita tashkilotdan (AFAT, AOKA) masʼullar jalb qilindi. Barcha tashkiliy ishlarni hurmatli prezident amalga oshirmoqda. Bunday vaqtda OAV xodimlari kerak boʻladi. Ular qutqaruvchilarni ruhlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga OAV ichida dezinformatsiya tarqalmoqda. Yaʼni, bu kabi yolgʻon xabarlar jamoa yoki yakkaxon tarzda tashkilotlarni ruhlarini sindirishga urinmoqda
Turkiya kuchli davlat, bu falokatni nasib boʻlsa yengib oʻtadi. Ikki davlat oʻrtasidagi hamkorligimiz uzoq yil boʻladi. Xalqimizda bir ibora bor, doʻst qora kunda bilinadi. Oʻzbekiston ushbu maʼqomni amalda koʻrsatgan davlat boʻldi.
Mirziyoyev ertalab Erdoʻgʻanga qoʻngʻiroq qilib, 100 nafar xodimlarni joʻnatish boʻyicha topshiriq berganini aytdi. Qutqaruvchilar Turkiyaning Adana shahriga yoʻnaltiriladi. Bundan tashqari ertalabdan joʻnatilayotgan taʼziyanomalar koʻnglimizga taskin beryapti.
Jumladan Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Norovga tashakkur bildiramiz.
Hozirda zilzila oqibatida birorta oʻzbekistonlik fuqaro halok boʻlmagan. Janob Erdoʻgʻan hodisa oqibatida tezkor qaror qabul qildi va hozirda 45 davlatdan yordam takliflari boʻldi. Bular ichida Oʻzbekiston boʻlganidan xursandmiz. Tez orada ushbu halokatni yengib oʻtamiz” deydi Turkiya elchixonasi vakili.
Maʼlumot uchun, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 1 541 kishiga yetdi, 9 733 kishi jarohatlandi, 3 471 ta bino vayron boʻlgan.