So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emas — FVV
Joriy yilning 6-fevral kuni Turkiya Respublikasida sodir boʻlgan zilzilalar aholi oʻrtasida turli sarosimalar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston hududida seysmogen holat, bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholiga xolis va ishonchli maʼlumotlar taqdim etishni taqozo qiladi.
Qayd etish kerakki, Turkiya hududi seysmik faol zonada joylashgan boʻlib, zilzilalar aynan mazkur seysmogen zonalarda sodir boʻlmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholash va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qilish boʻyicha Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi.
Mazkur Idoralararo ekspert komissiyasi har hafta boʻyicha Respublika va unga chegaradosh hududlarda zilzila sodir boʻlish ehtimolligini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi.
Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qilish sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boriladi.
Olingan kuzatuv maʼlumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining 2023-yil 3-fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 boʻlgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emas.