So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
“Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga zid harakat” – SSV vazirining soʻzlariga qarshi bayonot berildi
Amrullo Inoyatov Sogʻliqni saqlash tizimida 2023-yil “Korrupsiyaga qarshi kurashish yili” deb eʼlon qilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sogʻliqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov shifokorlar bilan ochiqchasiga suhbatlashgani aks etgan video tarqaldi.
Unda Inoyatov shifokorlardan biriga bemorlarga mehr bilan qaralsa, rozi boʻlib “barakasi”ni berib ketishi haqida gapirgan. Sogʻliqni saqlash vazirining ushbu soʻzlari yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jamoatchilik kengashi bayonot berdi.
“Sogʻliqni saqlash tizimida korrupsiyani kamaytirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, keng jamoatchilikning, xususan, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining kun tartibidagi asosiy masalalardan biri boʻlib turibdi.
Jamoatchilik kengashi Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatining korrupsiyaning oldini olish boʻyicha boshlagan ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, shifokorlarni ragʻbatlantirish yoʻllaridan biri sifatida bemorlar bergan mablagʻning eʼtirof etilishini qonunchilikka va mamlakatda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga zid harakat sifatida qayd etadi.
Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortishiga hamda shifokor kasbi mavqeining pasayishiga, sogʻliqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab boʻladi.
Jamoatchilik kengashi shifokorlarni ragʻbatlantirishda bemorlardan pul olish singari (ixtiyoriy yoki ixtiyoriy emasligidan qatʼiy nazar) noqonuniy xatti-harakatlarni bartaraf etish hamda haq toʻlashning toifalangan mexanizmini joriy etish Sogʻliqni saqlash vazirligining asosiy maqsadi boʻlishi lozimligini bildiradi”, — deyiladi bayonotda.
Qayd etish joiz, Amrullo Inoyatov Sogʻliqni saqlash tizimini 2023-yil “Korrupsiyaga qarshi kurashish yili” deb eʼlon qilgandi.



