So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Mirziyoyev Erdogʻanga qoʻngʻiroq qildi
7-fevral kuni Oʻzbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhi joʻnatilishi rejalashtirilgan.
6-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbari bugun Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va katta talafotlar koʻrilgani munosabati chuqur hamdardlik izhor etdi. Birodar Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga dalda soʻzlari bildirildi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 7-fevral kuni Oʻzbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhi joʻnatilishi rejalashtirilgan.
Ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Eslatib oʻtamiz, Prezident topshirigʻiga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir