So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpogʻistonda dahshatli YTH sodir boʻldi. 5 kishi halok boʻlgan
YTH oqibatida “Jasliq” posyolkasida yashagan 5 kishi — ikki erkak va uch nafar ayol vafot yetgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida “Nexia-3” yuk mashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida besh kishi halok boʻldi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston IIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 4-fevral kuni A-380 Gʻuzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yoʻlining “Jasliq” posyolka fuqarolar yigʻinidan oʻtgan qismida yuz bergan. Nexia-3 haydovchisi Qoʻngʻirot tumani yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotganida boshqaruvini yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.
Kruz.uzʻga koʻra, YTH oqibatida “Jasliq” posyolkasida yashagan 5 kishi — ikki erkak va uch nafar ayol vafot yetgan.
Holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV qoshidagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar oʻlimiga sabab boʻlishi) bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.