So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Erdogʻan halokatli zilziladan soʻng bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi, Ozarbayjon qurolli kuchlarini Turkiyadagi falokat hududlariga yordam berish uchun yuboradi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan mamlakat janubi-sharqida sodir boʻlgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishga bir qancha idoralar kirishganini maʼlum qildi. Bu haqda u 6-fevral, dushanba kuni Telegramʻdagi kanalida yozgan.
Erdogʻan, Turkiya mintaqalarida sezilgan seysmik faollikdan jabr koʻrgan fuqarolarning tez orada bu tajribadan xalos boʻlishlarini tiladi.
“Zilziladan jabrlangan hududlarga zudlik bilan qidiruv-qutqaruv guruhlari yuborildi. Ichki ishlar va sogʻliqni saqlash vazirliklari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD), viloyat hokimlari va boshqa barcha idoralar tezda ishga kirishdi. Biz zilziladan keyin boshlangan ishlarni muvofiqlashtirmoqdamiz”, — deb yozgan Erdogʻan.
Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odam qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi.
“Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ozarbayjon qurolli kuchlari Turkiyadagi falokat hududlariga yordam berish uchun yuboriladi.
Eslatib oʻtamiz, Turkiyaning janubida 7,8 balli vayronkor zilzila sodir boʻlgan edi. Zilzila 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 04:17 sodir boʻlgan. Dastlab, zilzila oqibatida 20 kishi halok boʻlgani aytilgan edi.
Yevropa-Oʻrtayer dengizi seysmologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, zilzila epitsentri aholi punktidan 37 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, birgina Turkiyaning oʻzida 22 ta yer silkinishlari sodir boʻlgan, shundan 6 tasi 6 balldan yuqori koʻrsatkichda qayd etilgan.
Zilzilaning kuchi Turkiyaning bir qancha hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Osmaniya, Kayseri, Mersin, Trabzon, Urfada sezilgan.
Zilzilalar Suriya bilan chegarada sodir boʻlgani tufayli, Suriyada ham bir qancha shaharlarda oʻnlab uylar, jumladan, koʻp qavatli uylar qulab tushgani haqida xabarlar berildi. Mahalliy “AL Hadas” nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Suriyada ham 100 dan ortiq jasadlar topilgan