So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkilotiga aʼzo boʻlishga chorlagan virtual guruh yetakchisi qoʻlga olindi — DXX
Guruhga Namangan shahrida yashovchi, 1986-1995-yillar oraligʻida tugʻilgan 9 nafar shaxs aʼzo boʻlgan.
Ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilgan virtual guruh yetakchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Namangan shahrida yashovchi, 1991-y.t. S.M. ijtimoiy tarmoqlar orqali destruktiv kuchlar taʼsiriga tushib qolgan va natijada Telegram messenjerida virtual guruh tashkil qilgan. Guruhga Namangan shahrida yashovchi, 1986-1995-yillar oraligʻida tugʻilgan 9 nafar shaxs aʼzo boʻlgan.
Oʻz navbatida, S.M. guruhga terroristik va ekstremistik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan “Sodiq Samarqandiy”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Mahmud Abdulmoʻmin”, “Abu Saloh”larning “hijrat” va “jihod” toʻgʻrisidagi maʼruzalarini joylab, guruh aʼzolarini Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qoʻshilishga daʼvat qilgan.
DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi. Hozirda holat yuzasidan S.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, guruh aʼzolarining xatti-harakatlariga nisbatan ham tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.